O‘zbekistonda xususiy tug‘ruqxonalar ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni  "Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladigani haqida xabar bergandik.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari uchun tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanashi kutilmoqda.

Belgilanishicha, tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan tug‘ruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya bo‘limlari, poliklinika, bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, sog‘liqni saqlash va FHDYO organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Qarorga asosan, 2020 yil 1 martga qadar sog‘liqni saqlash va FHDYO organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini (keyingi o‘rinlarda – Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtiriladi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tug'ruqxona

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing