O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Safar Ostonov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “O‘zbekiston ovozi" gazetasi bosh muharriri Safar Ostonovich Ostonov 73 yoshida vafot etdi.

Safar Ostonov 1948 yilning 13 noyabrida Samarqand tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi jurnalist. 1972 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

U Mehnat faoliyatini 1971 yili Respublika yoshlar gazetasida musahhih vazifasidan boshlagan. 1990−1996 yillari "Sport", "O‘zbekiston futboli" gazetalarida bosh muharrir, 1996−2002 yillarda O‘zbekiston prezidenti devoni yetakchi konsultant, bosh konsultant vazifalarida ishlagan.

2002 yildan "O‘zbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazetalarida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritib ketgan.

U 2019 yilgi parlament saylovlarida 63-Kattaqo‘rg‘on saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalq demokratik partiyasi deputati etib saylangan. U O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan a’zosi bo‘lgan.

Safar Ostonov 1999 yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi ham hisoblanadi.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Oston Safarov

Baholaganlar

156

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar