O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi
Jamiyat
−
17 yanvar 2022
6980O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boshqaruv a’zosi Shoira Isakova Facebook`dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Qayd etiltishicha, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi bo‘lgan Dilbar Mahmudova bugun, 17 yanvar kuni 85 yoshda vafot etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Dilbar Mahmudova 1936 yil 8 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1959 yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan. Uning ilk kitobi “Yarim asr yonma-yon” nomi bilan chop etilgan.
Shundan so‘ng, uning “Har maktubda umr lahzasi”, “Halima”, “Hayotdan keyingi hayot”, “Mo‘yqalamda yozilgan roman”, “Sinmagan Surxon qizi”, “Mehr quyoshi”, “Osmonmisiz, quyoshmisiz yo oymisiz, buvijon!” kitoblari nashr qilingan.
Shuningdek, Dilbar Mahmudova turmush o‘rtog‘i Tilab Mahmud bilan hammualliflikda “Umr shomidagi baxt”, “Tortadirman jabrini”, “Omonat dunyo” nomli pesalar yozgan. Qayd etilishicha, mazkur asarlar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.
LiveBarchasi