O‘zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi yangi preparati ishlab chiqariladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston koronavirusga qarshi Xitoyning “Remindevir” preparatini ishlab chiqaradi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoy olimlari tomonidan yaratilgan VV116 (“Remindevir”) preparati hozirda in’eksiya shaklida ishlatiladigan “Remdesivir” preparatining yangi shakli bo‘lib, nojo‘ya ta’sirlarining kamligi va tabletka shaklida ekanligi  ma’lum bo‘ldi.  

“O‘zbekistonda iqtidorli malakali kimyogarlar ko‘p, ular shu paytgacha substansiyalar sintezini faqatgina ilmiy-tadqiqot institutlari qoshidagi laboratoriyalarda amalga oshirib kelganlar, lekin bu substansiyalarning sintezi sanoat darajasiga olib chiqilmagan. Bu zavodning tashkil etilishi ilmdan kapital olish imkonini beradi, yangi ishchi o‘rinlar yaratish, raqobatbardosh yuqori texnologiyali mahslotlar ishlab chiqarishga sharoit yaratadi”, deydi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov

Qayd etilishicha, hozirda ushbu preparat klinik sinovlari o‘tkazish bosqichida bo‘lib, tadqiqotlar yakunlangach Navoiy erkin iqtisodiy zonasida Shanxay farmakologiya instituti bilan hamkorlikda quriladigan dori preparatlari substansiyalari sintezi zavodida ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

“Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan mazkur farmatsevtika zavodi dori preparatlarini substansiyalarini kimyoviy sintezini amalga oshiruvchi O‘zbekistondagi ilk korxona bo‘ladi”, deydi Ibrohim Abdurahmonov


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing