O‘zbekistonda kelayotgan haftada havo quruq va issiq bo‘ladi
Jamiyat
−
06 iyul 2020
7870Ertaga, 7 iyul kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan havo oqimi kirishni boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet Axborot xzimati ma’lum qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, shu sabab ob-havoning quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat ko‘tariladi va iqlimiy me’yorlarga yetadi. Kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40 darajagacha yetadi. Bunday harorat ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.
“6-7 iyulda respublikada shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda harorat 32-35 darajani tashkil qiladi, janubda 38 darajagacha isiydi.
LiveBarchasi