O‘zbekistonda kelasi yil boshidan AES qurilishi boshlanadi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2019
68812020 yil boshidan "Rosatom" O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Rosatom" rahbari Aleksey Lixachyov bugun, 3 sentyabr kuni Toshkentda Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti “Moskva injenerlik-fizika instituti”ning filiali ochilishi marosimida ma’lum qildi.
2017 yilning dekabrida O‘zbekiston va Rossiya huqumatlari o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida kelishuv imzolangandi.
«Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. AES har birining quvvati 1 ming 200 MVt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi. AES qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi.
LiveBarchasi