O‘zbekistonda keksayishning ayni vaqti

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi. Bu haqda kecha, 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda belgilandi. 

Qaror bilan keksalarga quyidagi sharoitlar yaratilmoqda: 

•  jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi; 

•  sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari;

•  tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi; 

•  og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasi kompensatsiya qilinadi.

Bunda, dori vositalarining ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensatsiya qilinadi.

Shuningdek, keksalarning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari, davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

Bundan tashqari, keksalarning respublikadagi diqqatga sazovor joylarga sayyohlik safarlarini tashkil etish maqsadida ikkita zamonaviy avtobus xarid qilinadi hamda tarixiy shaharlar va diqqatga sazovor joylar ro‘yxati shakllantirilib, tumanlar (shaharlar) kesimida avtobuslar qatnovlari grafigi tasdiqlanadi.

Joriy yilda jamg‘arma mablag‘larining amalda o‘zlashtirilishiga qarab davlat byudjetidan 50 milliard so‘m ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing