O‘zbekistonda kambag‘allikni kimlar qisqartirishi aniq bo‘ldi
Jamiyat
−
31 Yanvar 2023 16303 2 daqiqa
Prezident qarori bilan kambag‘allikni qisqartirish vazirligida 10 nafar mulozim lavozimli bo‘ldi. Bu haqda O‘zA yozdi.
Ular:
- Erkin Muxitdinov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamshid Abruyev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval Oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari edi);
- Mirzoxid Ubaydullayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
- Ozoda Parpibayeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, bir nechta mansabdorlar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Ular:
- Baxodir Umurzakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Sodiqjon Turdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
- Abdulla Tursunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Muxtar Muxitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Nodira Egamberdiyeva boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1,5 trln so‘m eng og‘ir mahallalardagi kambag‘allikni qisqartirish uchun yo‘naltirilishi haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr