O‘zbekistonda qo‘llanilgan vaksinalar 1 mln dozadan oshdi
Jamiyat
−
06 may 2021
2520O‘zbekistonda 1 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 5 may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 45616 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
- birinchi bosqich emlanganlar 34089 nafarni;
- ikkinchi bosqichda emlanganlar 11527 nafarni tashkil qildi.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda 1 million 9510 doza vaksinadan foydalanilib, ularning 32 533 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanildi.
5 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (8588 doza);
- Toshkent shahri (7200 doza) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:
- Farg‘ona viloyatida 128838 doza;
- Andijon viloyatida 118 093 doza;
- Namangan viloyatida 108 560 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi