O‘zbekistonda qor yog‘di (foto)
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
41306Bugun, 18 sentyabr kuni Toshkentni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lab turuvchi “Qamchiq” dovonida qor yog‘di. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
“Ayni vaqtda A-373 avtomobil yo‘lidan o‘tgan "Qamchiq" dovonida qor yog‘moqda”, deyiladi xabarda. Boshqarma qor yog‘ayotgani aks etgan suratlarni ham e’lon qilgan.
YHXBB barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, transport vositasi tezligini me’yoridan oshirmasdan boshqarishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Volgabo‘yidan sovuq va salqin havo oqimi kirib kelgan. Bu oqim ertaga, 19 sentyabr kuni mamlakat hududini tark eta boshlaydi.
Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tunda va ertalab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi.
Harorat kechasi antitsiklon ta’sirida 8-11 darajagacha pasayadi, kunduzi 24-27 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo ochiq bo‘ladi, haroratning kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi