O‘zbekistonda qizamiq kasalligi kuzatilmagan. Epidimiologik holat nazorat ostida

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot saytlarida tarqalgan “Samarqandda qizamiq tarqalmoqda” materiali yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(JSST) xabariga ko‘ra, Yevropaning qator davlatlarida so‘nggi  ikki yil davomidaqizamiq kasalligi bo‘yicha epidemiologik noxush vaziyat saqlanib qolinmoqda. Ushbu kasallikdan o‘lim ko‘rsatgichlari o‘tgan yilda mazkur hududda 72 ta holatda qayd etilgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab – bu emlashdan voz kechish va natijada aholi orasida emlash bilan qamrab olish darajasining kamayishidir. Shuning uchun ham, 2019 yilda qizamiq kasalligi bo‘yicha holat nafaqat Yevropa,balki dunyoningboshqa mintaqalarida ham noxush vaziyat kuzatilmoqda.

2019 yil yanvardan 5 avgustgacha bo‘lgan muddatda Samarqand viloyatida 419 ta holatda qizamiqqa gumon qilingan bo‘lib, ulardan 29 nafarida kasallik tasdiqlangan. JSSTning xulosasiga ko‘ra, mamlakatimizga qizamiq virusi boshqa davlatlardan kirib kelganligi tasdiqlandi. 2018 yilda respublika bo‘yicha qo‘shimcha profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida 22 310 nafar kishi qizamiq kasalligiga qarshi emlandi. 

Samarqand viloyatida kasallikni kelib chiqishining asosiy sababi ham qizamiqqa qarshi emlanmaganchet ellik fuqarolar bo‘lgan.Aholi orasida ushbu kasalliknitarqalishining oldini olish va to‘xtatish maqsadida ular bilan muloqotda bo‘lgan 11101nafar shaxs emlangan. O‘lim holatlari umuman qayd etilmagan.

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasiga 2017 va 2018 yillarda JSSTning “Qizamiq va qizilcha kasalligining eliminatsiyasi” , ya’ni, ushbu kasalliklarning mahalliy tarzda tarqalishining to‘xtatilganligi to‘g‘risida xalqaro sertifikati berilgan.Unga muvofiq,mamlakatimiz  uchun indikator ko‘rsatkichi 100000 nafar aholi soniga nisbatan  2 ta holatda kasallik tasdiqlanib, ro‘yxatga olinishi mumkin. Hozirda bizda bunday holat kuzatilmayapti. Qolaversa, ayni paytda eliminatsiyani, ya’ni qizamiq tarqalishining to‘xtatilganlik holatini saqlab qolish borasida barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish va o‘choqlarini to‘liq bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha ravishda 100000 doza qizamiq vaksinasi olinib, emlash uchun joylarga yetkazildi. Shuningdek, qizamiq kasalligini o‘z vaqtida aniqlash, tarqalib ketishining oldini olish va davolash hamda bolalarni vaksina profilaktikasi bilan qamrab olish maqsadida epidemiologik nazorat kuchaytirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda qizamiq kasalligining profilaktikasi va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari izchil  davom ettirilmoqda.Ushbu jarayonga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e’tibor,  yillar davomida to‘plangan tajriba va  aniq tahlillar mazkur kasallikni eng past ko‘rsatkichda ushlab turish hamda  uni to‘liq bartaraf etish imkonini bermoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSST tomonidan ushbu tizimli tadbirlarning bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing