O‘zbekistonda qimorni targ‘ib qilgan 70 ga yaqin sayt bloklandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 70 ga yaqin veb-sayt bloklandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda. Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunda bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha tegishli nazorat organiga ma’lumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.

“O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi. Qo‘mita tomonidan bu yo‘nalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston sayt qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing