O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat kapitali ishtirokida korxona tashkil etilgan?
Bu qiziq
−
10 noyabr 2021 9890 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida Turkiya kapitali ishtirokida 321 ta yangi korxona tashkil etildi va bu eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:
- Turkiya – 321 ta
- Rossiya – 296 ta
- Xitoy – 219 ta
- Qozog‘iston – 166 ta
- Koreya – 80 ta.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston va Turkiya tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 2,4 mlrd dollarni tashkil qildi. Shundan:
- eksport – 1,2 mlrd;
- import – 1,2 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan.
Eksportda quyidagi mahsulotlar yuqori ulushga ega:
• Rangli metallar – 740 mln.
• To‘qimachilik mahsulotlari – 270 mln.
• Kimyoviy mahsulotlar – 86,5 mln.
Importda quyidagi tovarlar yuqori ulushga ega:
• Mashina va asbob-uskunalar – 625 mln.
• Kimyoviy mahsulotlar – 275,5 mln.
• Qora metallar – 52 mln. AQSH dollari.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr