O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat kapitali ishtirokida korxona tashkil etilgan?

Bu qiziq

−

image

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida Turkiya kapitali ishtirokida 321 ta yangi korxona tashkil etildi va bu eng yuqori ko‘rsatkichdir.  

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:

  • Turkiya – 321 ta
  • Rossiya – 296 ta
  • Xitoy – 219 ta 
  • Qozog‘iston – 166 ta
  • Koreya – 80 ta.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston va Turkiya tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 2,4 mlrd dollarni tashkil qildi. Shundan:

  • eksport – 1,2 mlrd;
  • import – 1,2 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan.

Eksportda quyidagi mahsulotlar yuqori ulushga ega:
•    Rangli metallar –  740 mln.
•    To‘qimachilik mahsulotlari – 270 mln.
•    Kimyoviy mahsulotlar – 86,5 mln.

Importda quyidagi tovarlar yuqori ulushga ega:
•    Mashina va asbob-uskunalar – 625 mln.
•    Kimyoviy mahsulotlar – 275,5 mln.
•    Qora metallar – 52 mln. AQSH dollari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing