O‘zbekistonda qat’iy karantin rejalashtirilmagan. Pandemiya kuchaysa, nima qilinadi?

Jamiyat

image
Qonunchilik jarima deydi, mas’ul tushuntirish. “Maska”sizlar jarimaga tortiladimi? north_east

Qonunchilik jarima deydi, mas’ul tushuntirish. “Maska”sizlar jarimaga tortiladimi?

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashsa, bemorlarni davolash uchun shifo o‘rinlari ko‘paytiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining boshqa bir o‘rinbosari Anvar Alimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Toshkent viloyatida Zangiota-1 va Zangiota-2 yuqumli kasalliklar shifoxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. “Omikron” bilan kasallanganlar soni 1-bosqichda oshadigan bo‘lsa, bunga qarshi bizda 38 ta muassasada 12,6 mingta o‘rin zaxirasi bor, bundan 1300 tasi reanimatsiya o‘rinlari hisoblanadi. Agar kasallik yanada ko‘payadigan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda respublika bo‘yicha zaxirada 19,8 mingta o‘rin yaratilishi rejalashtirilgan. Reanimatsiya uchun 2,1 mingta o‘rin tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 100 ta kislorod stansiyasi barchasiga qo‘yilgan, 1400 ta kislorod beruvchi uskunalar shay”, deydi u.

Shu o‘rinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev O‘zbekistonda qat’iy karantin cheklovlari bo‘lishi rejalashtirilmayotganini ta’kidladi va aholini emlanishga chaqirdi.

“Cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham emlanishimiz kerak”, degan Norboyev.

Malumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 7 yanvarida koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlandi. Shuningdek, mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik holatlar soni yana ortmoqda. Xususan, kecha, 9 yanvar kuni 389 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami kasallanganlar soni 200 730 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing