O‘zbekistonda qancha odam pensiya olishi aytildi
Jamiyat
−
24 dekabr
83302024 yil 1 dekabr holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 96 ming 500 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona viloyatida bo‘lib, ular umumiy 484 ming nafarni tashkil etadi. Keyingi o‘rinni esa Samarqand viloyati egallagan, u yerda 435 ming nafar fuqaroga pensiyalar tayinlangan.
Reytingda pensiya oluvchilar soni bo‘yicha eng kam natijani Sirdaryo viloyati egallagan. U yerda jami pensiya oluvchilar soni 104 ming nafardan ortiqroq. Undan keyingi o‘rinlarda Navoiy (138 mingga yaqin) va Jizzax viloyatlari (139 ming) bor.
Qolaversa, O‘zbekistonda 3 mln 390 ming yoshga doir pensiya oluvchilar mavjud. Nogironlik pensiyasini oluvchilar esa 463 ming 900 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya oluvchilar soni 242 ming 500 nafardan ortiqroq.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilgandi. Unga ko‘ra, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilangandi.
LiveBarchasi