O‘zbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?  

Bu qiziq

−

image

Joriy yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning soni 23 millionni tashkil qilmoqda. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining “Factbook” qo‘llanmasida keltirilgan.

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning o‘sib borish dinamikasi quyidagicha (yillar kesimida):

•    2016 yilda – 12,1 million;
•    2017 yilda – 14,7 million;
•    2018 yilda – 20 million;
•    2019 yilda – 22 million;
•    2020 yilda – 22,5 million;
•    2021 yilda – 23 million. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda mavjud mobil abonentlar soni 26,9 millionni tashkil qiladi. 

Qo‘shimcha ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston “Freedom House” tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, internetdan foydalanish erkinligi bo‘yicha 100 davlat orasida 28-o‘rinni (erkin emas) egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing