O‘zbekistonda qancha kambag‘al oila bor?
Jamiyat
−
07 noyabr 2023
9110O‘zbekistonda 1 mln 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda bugun, 7 noyabr kuni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, kambag‘al oilalar ro‘yxati “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan. Hokim yordamchilari esa mazkur platformaga har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni joylashtirgan.
Bundan tashqari, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reglament tasdiqlangan.
Hayitovga ko‘ra, yil yakuniga qadar respublikada 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Brifingda shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining "Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida"gi Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasi o‘rganilgani aytilgan. Faxriddin Hayitovning aytishicha, o‘rganish natijasida Konvensiyani ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
LiveBarchasi