O‘zbekistonda qancha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bor?
Jamiyat
−
05 aprel 2021
26730Joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston aholisi 34,5 milliondan oshdi. Xo‘sh ushbu aholining qancha qismida internetdan foylalanish imkoniyati bor va qancha odam bugungi kunning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan Telegram, Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarga kiradi?
Kanadaning Hootsuite kompaniyasi bergan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda 18,6 million internet foydalanuvchisi bor. O‘tgan 2020 yilga solishtirganda ushbu ko‘rsatkich 263 mingga (+1,4 foizga – tahr.) o‘sgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni esa 4,6 millionni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan 2020 yilga nisbatan 1,4 millionga (+44 foizga – tahr.) ortgan.
LiveBarchasi