O‘zbekistonda qancha ishsiz bor?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaydi. Bu haqda  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mamlakatda ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 mln 413 ming 7 kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etgan. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 14,9 foiz, ayollar orasida esa - 12,8 foiz bo‘lgan.

Shuningdek, joriy yilning 9 oyida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 300 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga yoki 26,3 ming kishiga ortishi kuzatilgan.

Xabarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing