O‘zbekistonda qancha ishchi kuchi bor?
Jamiyat
−
22 Sentabr 2022
69472022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni jami 19 mln 453,3 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mehnat resurslari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga oshgan.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika hududlarida mehnat resurslari soni:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 073,2 ming kishi;
• Andijon – 1 775,1 ming kishi;
• Buxoro – 1 072,3 ming kishi;
• Jizzax – 788,9 ming kishi;
• Qashqadaryo – 1 815,8 ming kishi;
• Navoiy – 569,3 ming kishi;
• Namangan – 1 590,0 ming kishi;
• Samarqand – 2 155,7 ming kishi;
• Surxondaryo – 1 465,8 ming kishi;
• Sirdaryo – 486,0 ming kishi;
• Toshkent – 1 615,0 ming kishi;
• Farg‘ona – 2 092,3 ming kishi;
• Xorazm – 1 047,6 ming kishi;
• Toshkent shahri – 1 906,3 ming kishi.
2022 yilning 1 iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,6 mln. kishini tashkil etmoqda. Joriy yilda doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
LiveBarchasi