O‘zbekistonda qancha aholi ishga muhtoj?

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etgan. Bu raqamlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo‘lsa, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortgan. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 364 ming 2 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatilgan.

Shuningdek, 2022 yilning 1 yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln 196 ming 3 kishini tashkil qilib, 2020  yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni esa 5 mln 885 ming 5 kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga nisbatan 1 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan.  

Aniqlanishicha, mamlakatda ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 mln 441 ming 8 kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etgan. 

Xabarga ko‘ra, 98,8 ming nafar ishsizlarga 87,1 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlangan va to‘lab berilgan. 2021 yilda esa 37,3 ming ishsizlar hamda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarga 83,1 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

382

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing