O‘zbekistonda “Qalqon” yengil zirhli avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi
Jamiyat
−
20 noyabr 2021
11990O‘zbekistondagi Mudofaa sanoati kompleksi korxonalaridan birida ishlab chiqarilgan “Qalqon” yengil zirhlangan avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, “Qalqon” yengil zirhlangan avtomobili kuch ishlatar vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat organlari mutaxassislari tarkibidagi ekspert komissiya tomonidan barcha amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
“To‘laligicha soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan konstruktorlik hujjatlar asosida yaratilgan “Qalqon”ning taktik-texnik tavsiflari buyurtmachilar takliflari asosida yanada takomillashtirildi hamda Qurolli Kuchlarimizning talablariga va xalqaro tan olingan standartlar me’yorlariga mos kelishi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, shu kunlarda mazkur yengil zirhlangan avtomobillar seriyali ishlab chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bo‘linmalariga yetkazib berilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi