O‘zbekistonda ishlagan amerikalik diplomat Ukrainaga elchi bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 18 may kuni AQSH Senatining xalqaro aloqalar qo‘mitasi Brijit Brinkni Amerikaning Ukrainadagi elchisi lavozimiga bir ovozdan ma’qulladi. 

DW nashrining yozishicha,  u iyun oyida Kiyevdagi Amerika diplomatik missiyasiga kelishi mumkin. 

Brijit Brink – amerikalik diplomat. Uning diplomatik faoliyati 1996 yilda AQSH Davlat departamentiga tayinlanishdan boshlangan. Brijit Brink, shuningdek, Prezidentning Milliy Xavfsizlik Kengashida Egey va Kavkaz bo‘yicha direktor sifatida ishlagan va u Vashingtonning Turkiya, Gretsiya, Kipr, Gruziya, Ozarbayjon va Armaniston bilan hamkorligini muvofiqlashtirgan. Diplomat ingliz tilidan tashqari rus, serb, gruzin va fransuz tillarini yaxshi biladi.

Bungacha Brink AQSHning Slovakiyadagi elchisi bo‘lgan. 2011 yildan beri Brijit Brink AQSHning Gruziyadagi elchisi o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda esa AQSHning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Kiyevdagi elchixonasi 28 fevralda yopilganidan beri kecha, 18 mayda rasman qayta ochildi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing