O‘zbekistonda ish haqining bir qismini natura shaklida to‘lash rejalashtirilmoqda
Jamiyat
−
14 yanvar 2023
38727O‘zbekistonda Mehnat kodeksiga muvofiq ish haqini natura, ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yoki oziq-ovqat va turar-joy to‘lovi shaklida to‘lashni tartibga solish hamda ish haqini oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlarning ayrim toifalarini belgilash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi, bundan quyidagi hollar mustasno:
– qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;
– uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash uchun.
Qarorda keltirilishicha, ish haqini natura shaklida to‘lash mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi va xodim oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lum qilinishicha, natura shaklida to‘langan ish haqi mehnatga haq to‘lash tizimiga kiradi.
Natura ko‘rinishidagi ish haqi pul ko‘rinishidagi ish haqi qiymatiga teng bo‘lishi hamda xodim shaxsiy iste’moli va uning oilasi uchun mos va foydali bo‘lishi inobatga olinadi.
Natura shaklida haq to‘lashda ish beruvchi tomonidan suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
– qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lishi;
– uy ishchisining ish beruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda taqdim etilishi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi