O‘zbekistonda “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etiladi

Biznes

image

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 15 oktyabrda qabul qilingan “Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Qarorda Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” texnoparki shaklidagi texnoparklarni 2023-2026 yillarda bosqichma-bosqich barpo etish belgilangan.

Qarorga muvofiq, texnoparklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

•    texnoparkda iqtidorli yoshlar, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb etish;

•    texnoparkda biznes-inkubatorlar, tajriba maydonchalari tashkil qilish;

•    tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ularni joriy etish va moliyalashtirish;

•    yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari, ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari o‘tkazish.

Investitsiya loyihalari markazi tuzilmasida Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi tashkil etiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etiladi.

Markaz innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida ko‘maklashib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing