O‘zbekistonda institutlar soni yana bittaga ko‘paydi

Jamiyat

image

Andijonda Iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. 

Ushbu institutda ta’lim faoliyati 2020-2021 o‘quv yilidan boshlanadi. Oliygohga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi. 

Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

•  O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari;

•  to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

•  xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;

•  jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

•  xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

•  qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

Ma’lumot uchun, institutda talabalar sonini oshishini inobatga olib 1200 o‘rinli o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar turar joyini qurish loyihalari nazarda tutilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing