O‘zbekistonda ilk bor milliy antiplagiat portali ishga tushiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 dekabr kuni Toshkent moliya institutining majlislar zalida Polshaning “Plagiat. Pl” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari v.b. Sharof Rajabbayev va respublikaning ilmiy salohiyatini oshirishdan manfaatdor bo‘lgan 60 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda, O‘zbekistondagi mavjud ilmiy nashrlar reytingini dunyo miqyosida oshirish va Scopus bazasiga kirish maqsadida “Plagiat.Pl” kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan “Geliotexnika” xalqaro ilmiy-texnik jurnalining tajribasi namoyish etildi. Uchrashuvda antiplagiat tizimlarini oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida joriy etish, Respublikada davlat tilidagi ilmiy nashrlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish lozimligi masalasi ko‘tarildi. Mavzu qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra referatlar, maqolalar, dissertatsiyalarning yagona ma’lumotlar bazasini tashkil qilish hamda ilmiy jurnallarning natijadorligi va samaradorligini baholashni amalga oshirish maqsadida respublikada chop etiluvchi ilmiy jurnallar matnlarini o‘zida jamlagan veb-portal yaratish maqsadga muvofiq ekanligi aytib o‘tildi.

Jahonda mavjud ilmiy nashrlar bazalari talablari asosida ilmiy nashrlarning aslligi, haqiqiyligini aniqlovchi “Antiplagiat tizimi”ni joriy qilish va ilmiy maqolalarga havolalar ko‘rsatkichini o‘zida aks ettiruvchi “Yagona milliy havolalar ko‘rsatkichi”ni shakllantirish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing