O‘zbekistonda ilk bor FTV telekanali afsonaviy jahon shousi “The X factor”ni taqdim etadi

Biznes

image

24 sentyabr kuni FTV telekanalida dunyoning keng miqyosdagi vokal shousi start oladi. FTV (“UzReport” AAga tegishli) xalqaro formatdagi “The X factor” loyihasini namoyish etish uchun Britaniyaning FreemantleMedia kompaniyasidan rasmiy huquqlarni sotib olgan birinchi telekanal bo‘ldi.   

“The X factor” – dunyoga mashhur iste’dodlar vokal shousi bo‘lib, ushbu formatni dunyoning ellikdan ortiq mamlakatlarida o‘tkaziladi. O‘zbekiston ushbu loyihani amalga oshirgan ellik sakkizinchi davlatga aylandi. Mazkur shou dunyo arenasida allaqachon o‘z o‘rniga ega va yorqin iste’dodlarni kashf etib, yangi yulduzlarni ommaga olib chiqish orqali o‘zini mustahkam namoyon eta olgan loyihadir. 

“Biz televizion trendlar yaratib, dunyoning mashhur formatdagi loyihalari bilan hamkorlikda ishlab, O‘zbekistonda media bozorini rivojlantirishga hiscamizni qo‘shyapmiz. Bugungi kunda mamlakatimizda katta formatli shoularni yaratish murakkab vazifa bo‘lsa-da, faqatgina orzuga intilib, tavakkal qilgan holda dadil qarorlar bilan muvaffaqiyatga erishyapmiz”, dedi “UzReport” AA bosh direktori Ravshanxon Jurayev bu haqda fikr bildirib. 

“The X factor” loyihasining birinchi bosqichi – kastinglar O‘zbekistonning 5 ta yirik shaharlari: Samarqand, Namangan, Buxoro, Xorazm va Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichda katta sahnada o‘z kuchini sinab ko‘rishni istovchilar soni rekord darajaga yetib, deyarli 6 mingga yetdi. 

Kastingga kelgan ishtirokchilarning soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularning orasidan faqatgina 100 nafar eng iste’dodlilari birlamchi hakamlar ko‘rigidan o‘tdi va mashg‘ulotlar lageriga yo‘l oldi. U yerda ishtirokchilar hakamlar tomonidan belgilangan murakkab, ba’zida esa deyarli qilinishi imkonsiz bo‘lgan vazifalarni bajargan holda, shouda qolish uchun mashaqqatli kurashni davom ettirishdi. 

Ana shu 100 nafar ishtirokchilar orasidan boshqalarga qaraganda sinovlardan yaxshiroq o‘ta olgan faqatgina 24 nafari, keyingi – “Stullar” nomli saralash bosqichiga yo‘l olgan va quyidagi to‘rtta kategoriyalarga bo‘lindi: “Yigitlar”, “Qizlar”, “25 yoshdan kattalar” va “Jamoalar”. Ushbu bosqichdagi hakamlar ko‘rigidan keyin esa “X factor” loyihasida atigi 12 nafar vokalchi qoladi. Ana shu ishtirokchilar ko‘p millionlik tomoshabinlar ko‘z o‘ngida shouning jonli efirlarida, yurtimizning eng iste’dodli xonandasi nomini olish uchun uzoq va mashaqqatli kurashni davom ettiradi. Aynan teletomoshabinlar o‘zlariga xush yoqqan ijrochiga ovoz berib, ularning kelgusi taqdirini hal qiladi va shouda qolishlariga imkoniyat yaratadi. Bejizga “X factor”ni eng “xalqchil” shou deb atashmaydi. 

Bir so‘z bilan aytganda, “X factor” tomoshabinlari “Kastinglar”, “Mashg‘ulotlar lageri”, “Stullar” kabi dastlabki bosqichlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar – hech narsa kadr ortida qolmaydi, loyiha to‘liq tarzda, birinchi epizoddan tortib, g‘oliblarning ismlari e’lon qilinuvchi so‘nggi epizodlargacha ko‘rsatiladi. 

“To‘g‘risini tan olaman, ushbu shou ko‘lami meni hayratga soldi: kastinglar geografiyasi, o‘z kuchini sinab ko‘rishni istovchilar soni – bu esa 6 mingdan ortiq insonlar demakdir. Bunday ko‘rsatkichlar, o‘z o‘rnida, loyihaga bo‘lgan katta qiziqishni anglatadi. Va, albatta, hayratlanarli sahna, ajoyib tasvirga olish jarayonlari, vokal darajasi va ishtirokchilar chiqishlari yodda qolarli bo‘ldi. O‘zbekistonda bunday shou hali hech qachon bo‘lmagan! “X factor” katta yangilikka aylanishi va O‘zbekistondagi vokal loyihalarning namunasi bo‘lishiga ishonaman”, degan shouning ijrochi prodyuseri Dildar Islomova o‘z taasurotlari bilan bo‘lishdi.

“X factor” loyihasidagi hakamlar o‘rindiqlarini estradamizning yorqin, iste’dodli va o‘ziga xos vakillari egallashdi: betakror vokalist, nafis va latofatli – Lola Yo‘ldosheva, musiqiy prodyuser, energiyaga to‘la, qattiqqo‘l va kutilmagan qarorlar sohibi – Ibrohim Ahmedov, o‘zbek musiqiy an’analariga sodiq– Ravshan Komilov, hamda yosh, iste’dodli va kreativ – xonanda Jasmin. Aynan ushbu hakamlarga sharafli va mas’uliyatli vazifa – “X factor” loyihasining birinchi mavsumi ishtirokchilarini baholash va saralash huquqlari berilgan.

Jonli efirlar bosqichida esa odil hakamlar kategoriyalar bo‘yicha murabbiyga aylanishadi va o‘z jamoalarini shouda g‘alaba tomon yetaklaydilar.

Qayd etish joiz, “X factor” o‘zbek shousining g‘olibi yurtimizning eng iste’dodli xonandasi unvoniga erishadi, 100 mln so‘m pul yutug‘ini qo‘lga kiritadi va FTV telekanalidan axborot ko‘magi hamda qo‘shiqlarni efirlarda aylantirish imkoniga ega bo‘ladi.

“X factor” shousining ilk soni 24 sentyabr soat 20:00da FTV telekanalida efirga chiqadi. Sizni tomoshabop shou, his-tuyg‘ularga boy va maroqli chiqishlar, hamda ko‘plab yorqin taassurotlar kutmoqda!

O‘zbekistondagi “X factor” shousining bosh hamkorlari: O‘zbekiston Respublikasi ekologiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm rivojlantirish qo‘mitasi.

Hamkorlar: “PayMe” to‘lov tizimi va Procter&Gamble transmilliy kompaniyasi.

Reklama huquqi asosida

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing