O‘zbekistonda ikkita yer silkinishi kuzatildi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2022 7964 1 daqiqa
Bugun, 14 oktyabr kuni Qozog‘istonda kuzatilgan ikkita zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Birinchi yer silkinishi Toshkent vaqti bilan soat 04:39 da (13.10.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 23:39 da) Qozog‘istonda sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,54 gradus shimoliy kenglik; 69,2 gradus sharqiy uzunlik. Epitsentri Toshkentdan 31 km shimoli-g‘arbda 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,5 ballga teng.
Ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan soat 05:16 da (14.10.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 00:16 da) Qozog‘istonda sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 69,21 gradus sharqiy uzunlik. Epitsentri Toshkentdan 33 km shimolida 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,6 ballga teng.
Har ikki zilzila kuchi O‘zbekistonning Toshkent tumanida sezilgan.
Live
Barchasi