O‘zbekistonda ikkita yangi jamg‘arma tuziladi
Jamiyat
−
29 yanvar 2021
7865Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Jamg‘armalar Prezidentning PQ-4870-son qaroriga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilmoqda.
Jamg‘armalar mablag‘lari:
a) quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
• ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar hisobidan tushadigan mablag‘lar;
• yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
• qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
• 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda – ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
• 25 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda – alohida o‘rnak ko‘rsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish.
LiveBarchasi