O‘zbekistonda ikki marta zilzila qayd etildi
Jamiyat
−
06 mart 2021
98525-6 mart kunlari O‘zbekiston hududida ikki marta zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Birinichi zilzila Toshkent vaqti bilan 02:52 da,uning koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,5 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 48 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 48 km, 4 ball;
- Namangan: 183 km, 2 ball;
- Guliston: 75 km, 3 ball;
- Jizzax: 164 km, 2 ball.
Ikkinchi marta qayd etilgan zilzila Toshkent vaqti bilan 06:04 da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 71,88 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 13 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 252 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Namangan: 86 km, 2 ball;
- Andijon: 72 km, 2 ball;
- Farg‘ona: 18 km, 4 ball.
LiveBarchasi