O‘zbekistonda go‘shtni import qilish vaqtincha QQSdan ozod etilmoqda

Jamiyat

image

2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda qator oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirish, ularni realizatsiya qilish qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Deputatning so‘zlarisha ko‘ra, go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarini, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan(NDS) ozod qilinadi.

Bundan ko‘zlangan maqsad go‘sht va kartoshka maxsulotlari narxini arzonlashtirish.

Qayd etilishicha, bu haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib Senatga yuborildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing