O‘zbekistonda go‘sht necha pul? Bozorlardagi narx-navo o‘rganildi
Jamiyat
−
14 yanvar 2023
34102O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Statistika agentligi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari o‘rganib chiqilgan.
2023 yil 11 yanvar holatiga ko‘ra:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 49 500 – 80 000 so‘m
Qo‘y go‘shti (1 kg) – 54 000 – 91 000 so‘m
Kartoshka (1 kg) – 3300 – 6000 so‘m
Piyoz (1 kg) – 3500 – 7000 so‘m
Sabzi (1 kg) – 2000 – 5 500 so‘m
Tuxum (10 dona) – 11 000 – 18 000 so‘m
Guruch (1 kg) – 6500 – 28 000 so‘m
O‘simlik yog‘i (1 l) – 16 000 – 30 000 so‘m
Shakar (1 kg) – 11 000 – 14 000 so‘m
O‘zbekiston Respublikasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Yuqoridagi dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi