O‘zbekistonda “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
3891Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga muvofiq:
• bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishi oshiriladi, havaskor futbol ommaviylashtiriladi, bu borada umumta’lim maktablari, boshqa ta’lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo‘yicha musobaqalar muntazam ravishda tashkil etiladi;
• yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilar tanlanadi va saralab olish (seleksiya) tizimi tubdan takomillashtiriladi, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan o‘tkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
• futbol sohasiga xususiy investitsiyalar keng jalb etiladi va ular rag‘batlantiriladi, futbol sohasi bozor mexanizmlari asosida boshqariladi, futbol klublari xususiy sektorga o‘tkaziladi hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratiladi;
• futbol musobaqalari tomoshabopligi oshiriladi hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali “o‘zbek futboli” brendi yaratiladi;
• futbol sohasida malakali mutaxassislar tayyorlanib, qayta tayyorlanadi, malakasi oshiriladi, tanlab olinadi va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi;
• futbol sohasidagi normativ-huquqiy baza yanada takomillashtiriladi, futbol infratuzilmasi moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilanadi hamda xalqaro talablarga moslashtiriladi.
LiveBarchasi