O‘zbekistonda fevral oyida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
31 yanvar
73345Unga ko‘ra, joriy yilning fevral oyi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ladi. O‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lib, 2-4 darajani, shimolda -2/1 darajani, janubda 6-8 darajani tashkil etadi.
Oyning boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari -5/0 daraja, kunduz kunlari 2-7 daraja, ba’zi joylarda -2/0 darajagacha bo‘ladi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik 1 fevral va 4 fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3 fevralda janubiy viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5 darajagacha, kunduz kunlari 8-13 darajagacha ko‘tariladi. 7-8 fevral kunlari asosan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechasi 2-7 darajadan -7/-2 darajagacha, kunduz kunlari 13-18 darajadan 2-7 darajagacha, shimolda kechalari 0-5 darajadan -12/-7 darajagacha, kunduz kunlari 11-16 darajadan 0-5 darajagacha o‘zgarib turadi.
Fevral oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yoridan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi