O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya qanchaga o‘sgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

M’lum qilinishicha, joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida narxlarning o‘sishi 1,7 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 0,8 foizni tashkil etgan. Yillik nisbatda INI o‘sish sur’ati 11,4 foizga yetgan. 

Taqqoslash uchun, 2020 yilning fevral oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 0,8 foizga qimmatlashgan. Yil boshidan umumiy INI o‘sish sur’ati 1,4 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,7 foizi tashkil etgan. 

2020 yilining fevralida yillik umumiy INI 13,5 foizga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing