O‘zbekistonda fanga noma’lum o‘simlik aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Qirg‘iziston Respublikasiga chegaradosh hududdan hozirgacha fan uchun noma’lum bo‘lgan yangi yovvoyi piyoz turi topildi. Yani o‘simlik O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘zbekiston florasi laboratoriyasi hamda O‘zbekiston Milliy gerbariysi tomonidan Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida o‘tkazilgan dala ekspeditsiyasi davomida aniqlandi.

Fanlar akademiyasining ta’kidlashicha,  O‘zbekiston yovvoyi piyozlarning kelib chiqishi va turlar xilma-xilligi mavjud hudud hisoblanadi.

“Terilgan gerbariy namunalarini laboratoriya sharoitidagi tahlillari shuni ko‘rsatdiki, yangi topilgan o‘simlik turi hozircha fan uchun yangiligi aniqlandi. Unga eng yaqin bo‘lgan o‘simlik turi Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari hududlaridagi Baland tog‘ hududida o‘sadigan Allium minitum Vved. ya’ni, kichik piyoz nomi bilan kiritilgan o‘simlikdir”, deyiladi FA xabarida.

O‘xshash belgilari ularning gulining tuzilishi va oq rangda bo‘lishi, farqi esa ekologik makoni hisoblanadi. Chunki Allium minitum ya’ni, fanga hozirda ma’lum bo‘lgan tur Alp mintaqasida 3000 metrdan balandlikda uchrashsa, yangi topilgan o‘simlik turi esa adir mintaqasida 1000-1100 metr balandlikda o‘sadi. 

Hozirda mazkur o‘simlik turining guli tuzilishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, mazkur o‘simlikning urug‘i elektron mikroskop orqali o‘rganiladi. Shundan so‘ng Institut olimlari oxirgi xulosani beradi va unga nom qo‘yiladi. O‘rganish natijalari e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

o'simlik

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing