O‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari sinovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda ushbu sohada qo‘llaniladigan asosiy atamalar keltirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxatga olinishi shartligi belgilangan.

Hujjat bilan arizani ko‘rib chiqish, kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi belgilangan.

Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari quyidagi idoralar tomonidan ro‘yxatga olish sinovlaridan o‘tkaziladi:

•    kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining biologik samaradorligini aniqlash bo‘yicha – Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan;
•    toksikologik-gigiyenik xossalarini aniqlash bo‘yicha – Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ruxsat etgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan;
•    ekologik xossalarini aniqlash bo‘yicha – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan.

Nizom bilan quyidagilar tasdiqlangan:

•    kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani qayta rasmiylashtirish, dublikatlar berish tartibi;
•    kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish tartibi;
•    kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomalar reyestrini yuritish tartibi.

Hujjatga ilovalarda kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish uchun arizaning namunasi, taqdim qilinayotgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining, mineral o‘g‘itlarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari, ularning toksikologik-gigiyenik ta’rifi to‘g‘risida ma’lumotlarning shakllari keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'simlik

Baholaganlar

3

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing