O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar? Statqo‘m ma’lumot berdi
Jamiyat
−
12 yanvar 2022 35616 1 daqiqa
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklar soni ayollarga qaraganda 217 024 nafarga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35 million 271 ming 276 kishini tashkil etadi. Shundan 17 mln 527 ming 126 nafari ayollar, 17 mln 744 ming 150 nafari erkaklarga to‘g‘ri keladi.
Umumiy hisobda erkaklar ayollarga qaraganda 217 ming 24 kishiga ko‘p.
Ma’lumot uchun, 1991 yilda respublikada doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil qilgan. Ammo bu ko‘rsatkich 2022 yilning 1 yanvar holatiga 0,9 foizga kamayib, 49,7 foizga etgan.
Avvalroq, shaharlarda 17,9 mln kishi, qishloqlarda esa 17,4 mln kishi yashashi haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi