“UzAuto Motors” Equinox yetkazib berishni to‘xtatadi

Jamiyat

image

Chevrolet Equinox’ning hozirgi avlodi ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ushbu avtomobil modelini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar olish uchun arizalarni rasmiylashtirish ham to‘xtatilgan. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi ma’lum qildi.

Ushbu avtomobil hozirgi avlodining ishlab chiqarilishi to‘xtatilishiga sabab qilib modellar qatorini yangilash strategiyasi ko‘rsatilgan.

Xabarga ko‘ra, UzAuto Motors AJ kompaniyasi dilerlik tashkilotlari bilan birgalikda mijozlar oldidagi majburiyatlarining to‘liq bajarilishini va Chevrolet Equinox avtomobillarini harid qilish uchun avvaldan shartnoma tuzgan so‘nggi mijozlarga to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

495

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing