O‘zbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari oladi?
Jamiyat
−
26 iyul 2021
57866O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 2 million 971 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobitida so‘z boradi.
Ma’lum qilinishicha, o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida — 7 million 111 ming so‘m, yoki respublika ko‘rsatkichidan (2 mln 971 ming so‘m) 2,4 barobar yuqori ekanligi, aksincha eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida — 2 million 49 ming so‘m, yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqining (2 mln 971 ming so‘m) 69 foiziga teng.
Qayd etish kerakki, eng yuqori ish haqi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 4 million 549 ming so‘m (2020 yilda — 3 mln 655 ming so‘m). Poytaxtdan keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati — 3 768 ming so‘m (2020 yilda — 3 mln 372 ming so‘m) va Toshkent viloyati — 3 110 ming so‘m (2020 yilda — 2 mln 708 ming so‘m).
Ma’lumot o‘rnida, yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2021 yil yanvar-iyun oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida edi. Qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlarida ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi yuqorida aks etmagan.
LiveBarchasi