O‘zbekistonda eng yirik pora $2 mln ekani rad etildi
Jamiyat
−
21 iyun 2022
10524Kecha, 20 iyun kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Durdona Ochilova brifingda O‘zbekistonda eng ko‘p pora miqdori 2 million dollarni, eng kami 50 dollarni, o‘rtacha pora miqdori esa 8 065 dollar yoki 3,92 mln so‘mni tashkil qilishi haqida ma’lumot bergan edi.
Ammo, keyinchalik agentlik mazkur xabardagi ma’lumotlarni taqdim etishda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilganligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, aslida pora olish jinoyatlari bo‘yicha $500 ming va 113,7 million so‘m olingan bo‘lib, 62 ta holatda (o‘rtacha $8 065) AQSH dollarida, 29 ta holatda (o‘rtacha 3,92 mln so‘m) so‘mda olingan.
Eng ko‘p pora miqdori dastlab e’lon qilinganidan 10 baravar kam, ya’ni 200 ming dollarni, eng kam pora miqdori 50 dollarni tashkil etgan.
LiveBarchasi