O‘zbekistonda eng ko‘p to‘y qaysi hududda o‘tkazilyapti?
Jamiyat
−
20 iyul 2022
32540Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 108 934 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 062 taga kam, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand (11 513 ta), Farg‘ona (10 792 ta) va Qashqadaryo (10 798 ta) viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida – 9 573 ta, Toshkent shahrida – 9 315 ta, Toshkent viloyatida – 9 040 ta, Andijon viloyatida – 8 999 ta, Xorazm viloyati – 8 074 ta, Qoraqalpog‘istonda – 7 314 ta va Namangan viloyatida 7 054 ta nikoh qayd etilgan.
Statqo‘mga ko‘ra, respublika bo‘yicha Buxoro viloyati – 6 531 ta, Jizzax viloyati – 4 148 ta, Navoiy viloyati – 3 039 ta va Sirdaryo viloyati – 2 744 ta nisbatan kamroq nikoh holatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
LiveBarchasi