O‘zbekistonda eng kam pensiya va nafaqalar oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda eng kam pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi. Bu haqda 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, 2024 yilning 1 mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorda belgilangani sababli quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi:

  • ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m etib belgilandi.

Buning natijasida 751 ming nafar yoshga doir va 110 ming nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi.

Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 180 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

Ma’lumot uchun, yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga pensiyalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pensiya nafaqalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing