O‘zbekistonda eng arzon osh qayerda sotilayotgani aytildi 

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 1 porsiya osh 26 300 so‘mga baholanmoqda. Ushbu narx O‘zbekistondagi eng qimmat ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ikki o‘rindagi eng qimmat osh Samarqand viloyatida sotilmoqda. Samarqandliklar 1 porsiya osh uchun 24 700 so‘m to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Narx bo‘yicha kuchli uchlikni Jizzax viloyati yakunlab bergan. Jizzaxda 1 porsiya osh 22 300 so‘mga baholanadi.

Eng arzon osh Namangan viloyatida sotiladi. Namanganliklar oshning 1 porsiyasi uchun 15 000 so‘m to‘laydi.

O‘zbekiston hududidagi osh narxlari bilan tanishing:

•  Qoraqalpog‘iston – 18 000 so‘m; 

•  Andijon viloyati – 20 800 so‘m;  

•  Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;  

•  Jizzax viloyati –22 300 so‘m;

•  Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;

•  Navoiy viloyati – 19 500 so‘m; 

•  Namangan viloyati – 15 000 so‘m;   

•  Samarqand viloyati – 24 700 so‘m;

•  Surxondaryo viloyati – 20 000 so‘m;

•  Sirdaryo viloyati – 20 700 so‘m;  

•  Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;

•  Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;

•  Xorazm viloyati – 21 400 so‘m;

•  Toshkent shahri – 26 300 so‘m.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing