O‘zbekistonda eng arzon osh qayerda sotiladi?
Jamiyat
−
01 iyul 2023
9346Joriy yilning iyun oyi uchun O‘zbekiston hududlaridagi osh markazlarida sotilgan palovning o‘rtacha narxlari ma’lum qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘rta hisobda eng arzon oshning bir porsiyasi Farg‘ona viloyatida bo‘lib, u 19 200 so‘mga baholangan.
1 porsiya oshning o‘rtacha narxi viloyatlar kesimida quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 20 800 so‘m;
- Andijon viloyati – 22 200 so‘m;
- Buxoro viloyati – 24 400 so‘m;
- Jizzax viloyati –23 200 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 24 200 so‘m;
- Navoiy viloyati – 20 400 so‘m;
- Namangan viloyati – 19 800 so‘m;
- Samarqand viloyati – 25 200 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 24 800 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 23 200 so‘m;
- Toshkent viloyati – 21 800 so‘m;
- Xorazm viloyati – 22 800 so‘m;
- Toshkent shahri – 29 000 so‘m.
LiveBarchasi