O‘zbekistonda eng arzon osh qayerda sotiladi?
Bu qiziq
−
01 iyun
15149O‘zbekistonda may oyida hududlar kesimi bo‘yicha eng arzon osh Namangan viloyatida, eng qimmati esa Toshkent shahrida qayd etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi.
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxlari (2024 yil may oyi uchun):
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 24 300 so‘m;
- Andijon viloyati – 24 600 so‘m;
- Buxoro viloyati – 28 600 so‘m;
- Jizzax viloyati –26 200 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 27 900 so‘m;
- Navoiy viloyati – 24 400 so‘m;
- Namangan viloyati – 19 900 so‘m;
- Samarqand viloyati – 27 300 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 25 800 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 23 500 so‘m;
- Toshkent viloyati – 25 400 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 23 300 so‘m;
- Xorazm viloyati – 27 600 so‘m;
- Toshkent shahri – 30 200 so‘m.
Qayd etilishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Ta’kidlanishicha, palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini ob’ektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan ob’ektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.
Habib Jo‘raboyev
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr