O‘zbekistonda endi avtomobil egasi barcha qoidabuzarlik uchun javobgar bo‘lmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda endi avtomobil egasi kameralar tomonidan qayd etilgan barcha yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun javobgar bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda O‘zA xabar berdi.  

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun avtomobil egasi emas, balki bevosita uni boshqarayotgan shaxs javobgarlikka tortiladi.

Ushbu loyiha muhokamasi joriy yilning 26 sentyabriga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Avstriyaning “Glans Gresselchaft Tashkent” nomli korxonasiga tegishli yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega intellektual foto videoni qayd etish kameralari Navoiy ko‘chasida o‘rnatilganligi haqda bergan edik.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing