O‘zbekistonda elektron viza berish vaqtincha to‘xtatildi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2021
7370Kecha, 6 sentyabrdan boshlab “e-visa.gov.uz” tizimida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan elektron viza rasmiylashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, elektron viza berish tartibi 2018 yilda joriy etilgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekistonga kirish vizasini olish uchun mamlakatning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik idoralariga rasmiy murojaat qilish ehtiyoj qolmagan.
Elektron viza 30 kun muddatga O‘zbekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va undan taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddatgacha foydalanish mumkin.
Tartibga ko‘ra, elektron vizani rasmiylashtirish uchun murojaatlar 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Ushbu viza xorij fuqarosining elektron manziliga jo‘natiladi.
LiveBarchasi